
O‘zbekiston olimpiya termasi Qatardagi eng qimmat jamoa bo‘ldi!
Shu kunlarda Qatarda 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ham qatnashmoqda.
Ushbu turnirda jami 16 ta terma jamoa qatnashayotgan bo‘lib, O‘zbekiston ular orasida eng qimmat terma jamoa bo‘lib turibdi. Vakillarimizning umumiy narxi 17,35 million evroga baholanmoqda. Abbosbek Fayzullaev Osiyo kubogidagi eng qimmat futbolchi bo‘lib turibdi. TsSKAda o‘ynayotgan legionerimiz 5 million evroga baholanmoqda va hali u tarkibimizga kelib qo‘shilmadi.
Fikrlar