O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi rossiyalik tengdoshlari bilan durang o‘ynadi
Bugun O‘zbekiston U17 terma jamoasi Rossiya U17 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan bellashuvda tomonlar 2:2 hisobida durang o‘ynashdi.
O‘yindagi hisob mehmonlar tomonidan ochildi. 35-daqiqada Andrey Ivlev tomonidan ochildi. Ikkinchi taymning 56-daqiqasida Davron Usmonov hisobni tenglashtirdi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Artyom Koreev rossiyaliklarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada esa Davron Usmonov gol urib, muvozanatni yana tikladi va o‘zining dublini nishonladi.
O‘yinning qolgan daqiqalari ham keskin kurashlarga boy bo‘ldi, biroq tablodagi natija o‘zgarmadi.
O‘zbekiston - Rossiya 2:2
Gollar: Andrey Ivlev 35, Davron Usmonov 56, Artyom Korneev 68, Davron Usmonov 76.

Fikrlar