O‘zbekiston professional boks federatsiyasi raisi o‘zgardi
Bugun O‘zbekiston Professional boks federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Adham Ikramov Ilhomovich, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari G‘ofur Ahmedovich Rahimov, O‘zbekiston boks terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev, ikki karra Olimpiada chempioni Baxodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliev, Fazliddin G‘oibnazarov, Shohjahon Ergashev va bir qator mashhur sportchilar hamda murabbiylar ishtirok etishdi.
Konferensiya davomida Umid Yakubov Tolipovich O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi yangi raisi etib saylandi. Avvalgi rais Erkinov Bilol O‘tkir o‘g‘li o‘z xohishi bilan lavozimini tark etdi. Shuningdek tadbir davomida professional boksning rivojlanishi yo‘lidagi bir qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Fikrlar