O‘zbekiston Qozog‘istondan kuchli, lekin bu futbolchi Shomurodov bilan bir xil darajada!

  • 13 oktabr, 2022, 23:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 16 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Paxtakor” stadionida Qozog‘iston milliy terma jamoasi bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida kuch sinashadi. OFK va UEFA vakillarining o‘zaro bahsi har ikki mamlakat futboli bilan yaxshi tanish bo‘lgan mutaxassislar e’tibor markazida turibdi.

Qozog‘istonning https://vesti.kz sayti har ikki mamlakat jamoalarini boshqargan rossiyalik murabbiy Viktor Kumikovning bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

aaaa kumikov_1

Viktor Kumikov murabbiylik faoliyati davomida Qozog‘istonning “Esil”, “Elimay”, “Qaysar”, “Shaxtyor”, “Ordabasi”, “Atirau” klublarida ishlagan.

Ayni paytda “Andijon” futbolchilariga ustozlik qilayotgan tajribali mutaxassis milliy chempionatimizda “Mash’al”, “Nasaf” hamda AGMK jamoalaridagi ishlari bilan ham muxlislarimizga yaxshi tanish.

Kumikov 2014-2015 yillar davomida Qozog‘iston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy qilgan Yuriy Krasnojan shtabida ham ishlagan.

- O‘zbekistonda bu kabi uchrashuvlar ko‘p tashkil etilmaydi va shundan kelib chiqib, Qozog‘istonga qarshi o‘yinga juda katta qiziqish bo‘ladi va stadion muxlislar bilan to‘ladi, deb o‘ylayman.

Agar O‘zbekiston milliy terma jamoasi xorijda to‘p tepayotgan o‘yinchilarini jalb qilib, optimal tarkibini yig‘sa, mening nazarimda Qozog‘istondan kuchliroq bo‘ladi. Umuman olganda, g‘ar ikki terma jamoaning kuchi taxminan teng, lekin futbolchilarning sifati va xorijda o‘ynayotgan o‘yinchilar borasida O‘zbekiston yuqori, qolaversa ular o‘z uyida o‘ynashi ham ustunlik beradi.

Eldor Shomurodovdan tashqari yana kimni alohida ko‘rsata olaman? Otabek Shukurov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Jaloliddin Masharipov. Mana shu futbolchilarni ta’kidlashni istayman, agar ular o‘yinga kelsa, jamoani sezilarli kuchaytirishadi, bular jiddiy o‘yinchilar.

Baxtiyor Zaynutdinov va Eldor Shomurodovni taqqoslash mumkinmi? O‘ylashimcha, ha. Zaynutdinov va Shomurodov deyarli teng darajadagi o‘yinchilar. Lekin ular maydondagi pozitsiyasi, fazifasi bo‘yicha bir biridan keskin farq qiladi, biroq ularning saviya va darajasi bir xil.  Zaynutdinov ham Evropaning katta chempionatlarida o‘ynay oladi, - dedi Viktor Kumikov.

203458_03f1df747c87862ac511475b38b3a83b

O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy terma jamoalari o‘zaro olti marotaba to‘qnash kelgan. Shu uchrashuvlardan ikkitasida hamyurtlarimiz, bittasida qo‘shnilarimiz qo‘li baland kelgan. Yana uchta bahsda kuchlar teng kelgan.

Shomurodov yaqqol ajralib turibdi!

“Roma”ga qimmatga tushgan bahsda Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Mourino Shomurodovni nega o‘ynatmayotgani ma’lum bo‘ldi

Shomurodov, tayyorlan!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
11/10/2022 20:51
Козокистон якин кунларда ошиб кетади! Чунки Козокистон футболида коррупция камрок! Козокистон термасида Сергеевга ухшаган гилай уйинчилар йук.
&
Abrorm
13/10/2022 01:01
Zato chempionatida SERGEEV borda