O‘zbekiston safarda Suriyaga mag‘lub bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


Biroz avval O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 turniriga saralash doirasida safarda Suriyaga qarshi bahs olib bordi.

Suriyadagi notinchlik sababli Malayziyada o‘tkazilgan mazkur bahsning birinchi bo‘limida qisman ustunlikka ega bo‘lgan futbolchilarimizga aniqlik etishmadi va hujumlarni yakunlashda qator muammolarga duch keldi. Shuningdek, asosan qarshi hujumda harakat qilgan suriyaliklar ham Lobanov darvozasini ishg‘ol qila olishadi va tanaffusga jamoalar nursiz durang bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda esa Samvel Babayan vaziyatni o‘nglash uchun bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Lekin Sergeev, Geynrixlarning tushirilishi ham vaziyatga ijobiy tomonga o‘zgartira olmadi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa Krimets jarima maydoni ichida raqib futbolchisi yiqitdi va penalti belgilanishiga sababchi bo‘ldi. 11 metrlik jarima zarbasini Omar Xarbin bexato bajardi.

Shunday qilib, terma jamoamiz safardan mag‘lubiyat bilan qaytmoqda.

JCh-2018 saralashi, “A” guruhi
23.03.2017

Suriya – O‘zbekiston – 1 : 0 (0 : 0, 1 : 0)
Gol: Omad Xarbin 91 (penalti)
Ogohlantirishlar: Amro Jeniat 3, Holid Al-Mbaed 44, Omad Xarbin 70 - Islom To‘xtaxo‘jaev 13, Davronbek Xoshimov 83.

O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Egor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Davron Hoshimov, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Jaloliddin Masharipov (Eldor Shomurodov 55), Marat Bikmaev (Aleksandr Geynrix 77), Temurho‘ja Abduxoliqov (Igor Sergeev 64).

Suriya: Ibrohim Alma, Ahmad Al-Solih, Muayyad Al-Ajjan, Omro Al-Midani, Amro Jeniat, Fahd Yusuf (Oday Al Jafal 76), Tamer Tag Muhammad, Holid Al-Mbaed, Mahmud Al-Mavas (Firas Al Xatab 86), Mardik Mardikian (Al-Nakdali 67), Omar Xarbin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!