
O‘zbekiston sharafini himoya qilgan 51 yoshli bokschi professional ringga qaytmoqchi
Super og‘ir vazn toifasidagi sobiq WBC chempioni chempioni Oleg Maskaev professional sportga qaytishini ta’kidladi.
"Men hozirning o‘zida qaytishim mumkin. Lekin qiziqish bildirayotgan insonlar yo‘q. Oleg, mana senga falonchi bokschi bilan jang qilishga tayyorgarlik ko‘rishing uchun ikki oy muhlat, deb aytadigan. Menga faqat qo‘ng‘iroq qilishib, bir haftadan so‘ng jang bo‘ladi, ishtirok etishni xohlaysanmi?, deyishdan nari o‘tishmayapti. Hozir har kuni mashg‘ulotlar jarayonida ishtirok etmayapman. Agarda ikki oy muhlat berishganda edi, jangga tayyorgarlik ko‘rib sport formasiga kirib olardim hamda ma’lum vaqt chidab berardim. Jismoniy tayyorgarlik ko‘rishim kerak. Tirsagim bezovta qilayotgani yo‘q, umurtqa churralarini davolashning esa, iloji yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, to‘g‘ri yondoshilsa, bitta jang turib berishim mumkin", dedi Maskaev
Eslatib o‘tamiz: O‘z vaqtida O‘zbekiston sharafini himoya qilib, 1994 yil Osiyo o‘yinlari g‘olibi, 1995 yil Jahon Kubogi sovrindori bo‘lgan 51 yoshli Maskaev professional boksda 46 jang o‘tkazib, 39 (28 nokaut) tasida g‘alaba qozongan. U o‘zining oxirgi janggini 2013 yilning noyabr oyida Krasnodar shahrida britaniyalik Denni Uilyamsga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozongan edi.
Manba: Sport-ekspress
Fikrlar