
O‘zbekiston Superkubogi haqida nimalarni bilasiz? Sovrinning birinchi va oxirgi sohibi, g‘alaba qozona olmayotgan "Paxtakor" va boshqalar
Bugun Samarqandda O‘zbekiston Superkubogi bo‘lib o‘tadi. Unda Superliga chempioni va kubok sohibi "Paxtakor" ikkinchi o‘rin egasi "Nasaf" bilan kuch sinashadi. Bellashuv 16:00da boshlanadi. Uchrashuv oldidan Superkubok haqida ma’lumotlarni taqdim etamiz.
O‘zbekiston Superkubogi 1999 yili tashkil etilgan. Unda kubok sohibi "Navbahor" Farg‘onada chempion "Paxtakor" bilan bellashgan va 4:2 hisobida zafar quchgan. O‘yinga "Neftchi" stadioni mezbonlik qilgan, 6000 muxlis bahs shohidiga aylangan.
Superkubok yo‘lga qo‘yilganu, lekin davom ettirish juda qiyin kechgan. Sababi 2000-2013 yillar o‘yinlar o‘tkazilmagan.
2014 yili kubok va chempion sanalgan "Bunyodkor" oliy ligada 2-pog‘onani band etgan "Lokomotiv" bilan kuch sinashgan va "qaldirg‘ochlar" bitta to‘p farqidagi g‘alabaga erishgan - 2:1. O‘yin Toshkentdagi "Jar" stadionida tashkil etilgan. 4751 ishqiboz o‘yinga kelgan.
Keyingi yili kubok egasi "Lokomotiv" chempion "Bunyodkor" arenasida 7200dan ortiqroq muxlis qarshisida chempion "Paxtakor"ni 4:0 hisobida tor-mor keltirgan.
2016 yili "Nasaf" ham kubokni qo‘lga kiritgach, chempion "Paxtakor"ni mag‘lubiyatga uchratgan 1:0. O‘shanda "Bunyodkor" stadioniga 4748 ishqiboz tashrif buyurgan.
2017-2018 yillar Superkubok o‘tkazilmagan. 2019 yili Superliga g‘olibi kubok sohibi AGMKni 2:1 hisobida taslim etgan. Bellashuv "Paxtakor" o‘yingohida 18000 muxlis qarshisida o‘tkazilgan.
Ko‘rib turganingizdek, "Lokomotiv" Superkubokda 2 bor zafar quchgan holda ushbu sovrinni eng ko‘p qo‘lga kiritgan jamoa bo‘lib turibdi. "Navbahor" ushbu kubokning birinchi egasi bo‘lsa, oxirgi marta "Lokomotiv" Superkubokni o‘ziniki qilgan. "Bunyodkor" va "Nasaf" ham bir martadan sovringa erishgan. "Paxtakor" esa 3 ta bahsda imkoniyatni boy bergan.
Bu gal "sherlar" qora an’anaga barham bera oladimi yoki "ajdarlar" ikkinchi marta Superkubok g‘olibiga aylanadimi? degan savolga Samarqanddagi uchrashuvdan so‘ng javob olamiz.
Yili | G‘olib | Hisob | Mag‘lub | Stadion | Tomoshabin |
---|---|---|---|---|---|
1999 | Navbahor (Namangan) O‘zbekiston kubogi sohibi (1998) |
4 : 2 | Paxtakor (Toshkent) O‘zbekiston chempioni (1998) |
Neftchi, Farg‘ona |
6000 |
2000—2013 | O‘tkazilmagan | ||||
2014 | Bunyodkor (Toshkent) O‘zbekiston chempioni (2013) O‘zbekiston kubogi sohibi (2013) |
2 : 1 | Lokomotiv (Toshkent) O‘zbekiston chempionatida 2-o‘rin (2013) |
Jar, Toshkent |
4751 |
2015 | Lokomotiv (Toshkent) O‘zbekiston kubogi sohibi (2014) |
4 : 0 | Paxtakor (Toshkent) O‘zbekiston chempioni (2014) |
Bunyodkor, Toshkent |
7216 |
2016 | Nasaf (Karshi) O‘zbekiston kubogi sohibi (2015) |
1 : 0 | Paxtakor (Tashkent) O‘zbekiston chempioni (2015) |
Bunyodkor, Toshkent |
4748 |
2017 | O‘tkazilmagan | ||||
2018 | O‘tkazilmagan | ||||
2019 | Lokomotiv (Toshkent) O‘zbekiston chempioni (2018) |
2 : 1 | AGMK (Olmaliq) O‘zbekiston kubogi sohibi (2018) |
Paxtakor, Toshkent |
18000 |
Fikrlar