O‘zbekiston Superligasi. "Dinamo" - "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlarda ustunlik kim tomonda? (prevyu)
Bu jamoalar kuchlilar safida 39 ta o‘yin o‘tkazgan. Shulardan 13 tasida "Metallurg", 18 tasida "Dinamo" g‘alaba qozongan. 8 ta o‘yinda kuchlar teng kelgan. To‘plar farqi "ko‘hna shahar" jamoasi foydasiga – 56:49. O‘zaro o‘yinlarda “Dinamo” 62 ochkoni, “Metallurg” esa 47 ochko jamg‘argan.
Har ikkala jamoaning bir-birlari ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi – 5:0 ni tashkil etadi: “Metallurg” 2019 yilgi mavsumda o‘z uyida mazkur jamoalarning oxirgi to‘qnashuvida shunday hisobda zafar quchgan bo‘lsa, “Dinamo” ham o‘z maydonida – 2001 yilda muvaffaqiyat qozongan.
Mazkur jamoalarning bu yil birinchi davrada Bekobodda o‘tgan o‘yini dramatik tarzda kechdi. 47-daqiqada Oybek Nurmatovning golidan keyin “Dinamo” g‘alabani 90-daqiqagacha saqlab turdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan kompensatsiya vaqtida bekobodliklar ikkita gol urib, irodali g‘alabaga erishdi. Gollarning birinchisi “Dinamo” himoyachisi Jasur Jumaev hisobiga avtogol tarzida yozilgan bo‘lsa, ikkinchisini samarqandliklar sobiq o‘yinchisi Damir Temirov kiritdi.
Samarqandda o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:
06.04.2019 «Dinamo» - «Metallurg» 2:1
05.08.2017 «Dinamo» - «Metallurg» 0:3
02.05.2015 «Dinamo» - «Metallurg» 1:0
23.03.2014 «Dinamo» - «Metallurg» 2:0
27.08.2012 «Dinamo» - «Metallurg» 3:2
Manba: "Metallurg" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar