
O‘zbekiston terma jamoa a’zosiga "Barselona"dan taklif bo‘lganini bilasizmi?
O‘tgan mavsumni BAA chempionatida o‘tkazgan Doston Hamdamov SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida "Bunyodkor"da o‘ynab yurgan vaqtlarida "Barselona B" dan taklif tushganini aytdi.
"Anji"ga yo‘l olishimdan avval, menda ko‘plab tanlovlar bor edi. Hatto, "Barselona B"dan ko‘rikka chaqiramiz, degan xat ham kelgan, ammo o‘shanda meni qo‘yib yuborishmagan edi. Qolaversa, Rossiyaning "Ufa" jamoasi ham sotib olishga tayyor edi", - dedi futbolchi.
Ma’lumot uchun, Doston 2018 yil bir mavsum "Anji"da harakat qilib, keyin "Paxtakor" bilan shartnoma imzolagandi. Futbolchi bilan uyushtirilgan intervyuni tez orada "Youtube" kanalimizda ko‘rishingiz mumkin.
Fikrlar