O‘zbekiston terma jamoalari va klublarining o‘rtoqlik o‘yinlari hamda mashg‘ulotlari ham to‘xtatildi

  • 16.03.2020 14:07
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2020 yil 16 mart sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida rejalashtirilgan futbol bo‘yicha barcha musobaqalar vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, ichki musobaqalar bilan bir qatorda turli yoshdagi terma jamoalarimizning rejalashtirilgan xalqaro o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlari hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari ham vaqtincha qoldirildi.

Ishonamizki, koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar yaxshi samara beradi va o‘zbekistonlik futbol muxlislari yaqin vaqt oralig‘ida yana katta futbol musobaqalarini kuzatish imkoniga ega bo‘lishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!