O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi final uchrashuvi qachon va qaerda bo‘ladi?

  • 15 mart, 2023, 22:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi hozirgina U20 Osiyo chempionati yarim finalida Koreya Respublikasi terma jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Aytish kerakki, Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi jamoamiz hal qiluvchi bahsda Iroq terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 18 mart kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionda bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 19:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Махмуд1966
15/03/2023 22:12
Билет чайковчилари мазза килишарканда