
O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya bilan o‘ynagani sababli FIFA reytingi uchun ochko oladimi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazganligi uchun Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) reytingida ochko oladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi.
“O‘zbekiston terma jamoasi reytingda albatta ochko oladi, biz faqat o‘zimiz uchun raqib tanladik va musobaqalar uchun tayyorgarlik ko‘rmoqchimiz.
Bizda Rossiya terma jamoasi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q", - deya O‘FA matbuot xizmati vakilining so‘zlarini keltiradi Rossiyaning "Match TV" nashri.
Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar