O‘zbekiston terma jamoasida Kannavaroning qancha moash olishi ma’lum bo‘ldi

  • 3 oktabr, 23:57
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida italiyalik Fabio Kannavaro ish boshlash arafasida turibdi.

Tecno

"Sport-Ekspress" nashrining xabariga ko‘ra, Fabio Kannavaroga O‘zbekiston bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng yiliga qariyb 4 million evro maosh to‘lanadi. Bu summaga mutaxassis yordamchilarining ish haqi ham kiradi. 52 yoshli sobiq futbolchi dastlab Italiya yoki boshqa Evropa davlatidan taklif kutgan. Shu sababli u Markaziy Osiyo variantlariga darhol rozi bo‘lmagan. Shuningdek, unga Qozog‘iston terma jamoasi ham qiziqish bildirgan edi.

Oxir-oqibat Kannavaro O‘zbekiston futbol federatsiyasi shartlariga ko‘ndi va 1+4 yillik shartnoma imzolaydi. Agar agar terma jamoa Jahon chempionatida ishtirok etsa, Fabio O‘zbekiston bilan tuzilgan bitimni uzaytiradi.

Ma’lumot uchun, "oq bo‘rilar" oktyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Urugvay va Quvayt terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Qaxramonjon
04/10/2025 00:47
Эх, Тимур 4000 сум Узбек пули учун хам Эл- Юрт равнаки борасида жонини тикар эди, сен коорупцинерлар УЗБЕКИСТОН ни пулини емасдан озгина халк эл- юрт учун иш киласанми бели огримаган ноинсофлар