O‘zbekiston termasi Turkiyada Eron va Saudiya Arabistoni klublari bilan o‘ynaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi qolgan ikki o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 17–23 iyul kunlari Turkiyada o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazmoqda.
Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi jamoa kecha Turkiyaga etib bordi va u erda ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi. Dastlabki kundagi mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratildi.
Yig‘in davomida ikkita nazorat o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgan edi. O‘zbekiston terma jamoasi Eron va Saudiya Arabistoni klublariga qarshi maydonga tushishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, jarohati tufayli Marat Bikmaev, Islom To‘xtaxo‘jaev, Doston Hamdamov, Rustam Ashurmatov va Jamshid Iskanderov jarohati tufayli Turkiyadagi yig‘inga chaqiruv olmadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniri saralash bosqichi 9-turini 31 avgust kuni safarda Xitoy termasiga qarshi o‘tkazsa, 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.
Ayni paytda O‘zbekiston 8 ta o‘yindan keyin 12 ochko to‘plab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘llanma uchun kurashda 2-o‘rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.



Fikrlar