O‘zbekiston Tojikistonga ham 5 ta gol urdi

  • 12 aprel, 2022, 11:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston - Tojikiston uchrashuvi yakuniga etdi. Unda hamyurtlarimiz 5:2 hisobida zafar quchdi.

Vakillarimiz tarkibida Davron Choriev dubl qayd etdi. Shuningdek, Husniddin Nishonov, Akbar Usmonov hamda Dilshod Rahmatov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Qo‘shnilarimiz safida Dilshod Salomov hamda Fayzali Sardorov termamiz darvozasini ishg‘ol qildi. 

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzalchilarimiz bir tur avval Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritib ulgurgandi. 

Qayd etish lozim, bunga qadar termamiz Afg‘oniston hamda Nepal terma jamoalari bilan kuch sinashib, ikkisida ham bir xil 5:1 hisobida g‘alaba qozongandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!