O‘zbekiston to‘purarlari nechani o‘rinda?

  • 21 aprel, 2023, 13:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Turkmanistonning salamnews.tm sayti Markaziy Osiyo davlatlari milliy chempionatlarida to‘purar bo‘lgan futbolchilar sonini hisoblab chiqib, antiqa reyting tuzdi.

Natija umuman kutilmagan bo‘ldi. Beshta respublika orasida O‘zbekiston va Qozog‘iston futboli qolgan mintaqadoshlardan kuchli ekani e’tirof etiladi. Lekin to‘purarlar ko‘pligi borasida etakchilik boshqa mamlakat tomonida.

Turkmaniston sayti tuzgan reytingdan ma’lum bo‘lishicha, ushbu mamlakat futbolchilari eng ko‘p – 38 marotaba yuqori liga to‘purari bo‘lgan.

Xususan, turkman futbolchilari o‘z yurtida 34 marotaba, Qozog‘istonda ikki bor, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda bir martadan milliy chempionatda bir mavsumda eng ko‘p to‘p kiritio‘shga muvaffaq bo‘lgan. O‘zbekiston ligasida o‘zini ko‘rsatgan futbolchi Artur Gevorkyan bo‘ladi. Iste’dodli hujumkor futbolchi 2014 yili “Nasaf” safida 18 ta gol bilan chempionat to‘purarlari poygasida g‘olib chiqqan edi.

artur-gevorkyan-2

Bu reytingda ikkinchi o‘rin O‘zbekistonga nasib qildi. Hamyurtlarimiz milliy chempionatda 27 marotaba va Qozog‘iston yuqori divizionida olti marta, jami 33 bor eng yaxshi to‘purar sovrinini qo‘lga kiritgan.

Legioner sifatida Ja’far Irismetov “Almati” safida  ketma-ket ikki yil bir xil – 17 tadan gol bilan chempionat to‘purari bo‘lgan.

Shuningdek, Ulug‘bek Baqoev “Tobol”da ikki bor, “Jetisu” va “Irtish” jamoalari hujumchisi sifatida bir martadan to‘purarlar poygasida barcha raqiblarini ortda qoldirgan. Umuman olganda, Qozog‘iston chempionatlarida hammasi bo‘lib, sakkiz futbolchigat 100 tadan ko‘p gol urish nasib qilgan. Ular orasida yagona legioner hisoblangan Ulug‘bek Baqoev jami 111 ta gol bilan olti pog‘onada qayd etildi.

Markaziy Osiyo to‘purarlari reytingida Tojikiston uchinchi o‘rindan joy oldi. Tojik futbolchilari o‘z yurtidagi musobaqada 30 marta to‘purarlik qilgan.

Qirg‘iziston vakillari ham faqat o‘zlarining milliy ligasida 23 marotayua to‘purarlik qilgani qayd etilgan.  

Bu reytingda so‘nggi pog‘onaga Qozog‘iston futbolchilari joylashtirildi. Ular o‘z mamlakatlari milliy chempionatida atigi 14 marotaba to‘purlar musobaqa g‘olibi bo‘lgan xolos.

Markaziy Osiyo mamlakatlari chempionatlarida bir mavsumda eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekord – O‘zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Ja’far Irismetovga tegishli. Mohir hujumchimiz 2000 yilgi mavsumda Toshkent viloyatining “Do‘stlik” jamoasi safida raqiblar darvozasini 45 marotaba ishg‘ol qilib, hozircha takrorlanmay kelayotgan rekord sohibiga aylandi.

Jafar-Irismetov-10

Qirg‘izistonlik Zokir Berdiqulov 1995 yili 42 ta, turkmanistonlik Sergey Kazankov 1992 yili 41 ta, turkmanistonlik Rejepmurat Agabaev 1995 yili 41 ta gol bilan mavsum to‘purar nomiga sazovor  bo‘lgan.

Kelishilgan o‘yinlar balosi: Legionerlarimiz jamoasi Evrokubokdan chetlatilishi kutilmoqda!

Shomurodov hammasini o‘zgartirib yuborishi kerak edi...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!