
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ertaga Xitoy Taypeyi bilan o‘ynaydi
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ayni kunlarda 2025 yilgi U-17 Osiyo kubogi saralash bosqichida ishtirok etayotganidan xabaringiz bor.
Islom Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz 2-tur uchrashuvini ertaga, 25 oktyabr kuni “Fu Jen” stadionida Xitoy Taypeyi terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, “E” guruhi bahslariga Xitoy Taypeyi mamlakati mezbonlik qilmoqda. Saralash natijalariga ko‘ra, 10 ta guruh g‘olibi va guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi 5 jamoa 2025 yilning 3–20-aprel kunlari Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan qit’a musobaqasining final bosqichiga yo‘l oladi.
Fikrlar