O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda yig‘in o‘tkazadi

  • 4 may, 2019, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi shu yilning 14-22 sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi. 

Mana shu musobaqaga tayyorgarlik olib borish maqsadida Azamat Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi shu yilning 6-12 may kunlari Toshkentda navbatdagi yig‘in o‘tkazishadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Yig‘in davomida bir qator nazorat o‘yinlari o‘tkazish rejalashtirilgan. Murabbiylar shtabi mazkur yig‘in davomida terma jamoa asosini shakllantirib, futbolchilarning jismoniy va funktsional imkoniyatlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazib olishadi.

Azamat Abduraimov ushbu yig‘inga quyidagi futbolchilarni chaqirgan:
 
Darvozabonlar:
Jo‘rabekov Samandar “Paxtakor”
Parmonov Beknur “Nasaf”
Kenjaev Asror “Spartak”
 
Himoyachilar:
Poyonov Sunnatila “Paxtakor”
Toshkenboev Azizjon “Lokomotiv”
Pogosyan Vazgen “Paxtakor”
Toxtasinov Taxir “Bunyodkor”
Todorov Kirill “Paxtakor”
Mo‘ydinov Bobur NIOZMI
Abdurazzoqov Mirkomil  “Paxtakor”
Allaxodjaev Maqsud “Lokomotiv”
 
Yarim himoyachilar:
Pazildinov Muhritdin “Paxtakor”
Xo‘jamberdiev Murod “Nasaf”
Xayrullaev Alisher “Nasaf”
Beglarxanov Asad “Paxtakor” 
Islamov Rian “Neftchi”
Inomov Diyor “Spartak”
Jumaxanov Po‘lat “Paxtakor”
Ubaydullaev Jasur “Nasaf”
Raximov Sardor “Spartak”
 
Hujumchi:
Akramov Shahzod “Nasaf”
Turdimurodov Rustam “Paxtakor”
Xojiboev Sardor “Paxtakor”
Raxmatov Obloyor “Neftchi”
Bo‘riev Elbek “Bunyodkor”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!