O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Turkiya bilan o‘rtoqlik o‘yinlariga tayyorlanmoqda
2025 yilgi U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 6–14 oktyabr kunlari Milliy futbol markazida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi.
Islombek Ismoilov boshchiligidagi yosh “o‘smirlar” ushbu yig‘in doirasida Turkiya U-17 terma jamoasi bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Murabbiylar shtabi yig‘inga quyidagi futbolchilarni chaqirgan:
Darvozabonlar:
Bahodir Izbasqanov (“Bunyodkor”), Ibrohim Shokirov (“Paxtakor”), Ne’matulloh Rustamjonov (“Ahmedov” FK).
Himoyachilar:
Mo‘minxon Bahodirxonov (“Ahmedov” FK), Amirxon Murodov (“Paxtakor”), Muhammad Hakimov (“Paxtakor”), Hojiakbar Yusufboev (“Olimpik”), Behruz Saidmurodov (“Paxtakor”), Miraziz Abdukarimov (“Paxtakor”), Abdumalik Anvarov (“Paxtakor”), Muhammadali Musaxanov (“Ahmedov” FK).
Yarim himoyachilar:
Azizbek Erimbetov (“Neftchi”), Qahramon Turg‘unov (Namangan FA), Xayrullo Ergashev (“Rot-Weiss Frankfurt”), Abdusamad Saidov (“Paxtakor”), Muhammad Habibullaev (“Lokomotiv”), Abubakir Shukurullaev (“Paxtakor”), Sadriddin Hasanov (“Bunyodkor”), Sayfiddin Sodiqov (“Ahmedov” FK), Jamshidbek Rustamov (“Paxtakor”).
Hujumchilar:
Nurbek Sarsenbaev (“Neftchi”), Azizbek Abdumo‘minov (“Mash’al”), Asilbek Aliev (“Ahmedov” FK).
Shuningdek, 15 oktyabrdan boshlab yig‘inning ikkinchi qismi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida davom etadi.



Fikrlar