
O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoamiz yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichining 3-tur o‘yinida Tojikiston bilan kuch sinashdi. Unda vakilalarimiz yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvda gollarga Ruxshana Saydabbasova, Sevinch Rahmatullaeva mualliflik qildi. Shuningdek, Leyla Oraniyozova dubl qayd etdi.
Ma’lumot o‘rnida, bundan oldingi bahslarda termamiz Xitoy Taypeyga 0:3 va Tailandga esa 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Manba: O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar