O‘zbekiston U-23 terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini boshladi

  • 19 dekabr, 2017, 14:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugun  19 dekabr kuni Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga kirishdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Yig‘in davomida futbolchilar Toshkentdagi "Miran" mehmonxonasida istiqomat qilishadi. Mashg‘ulotlar Qibraydagi sport bazasida o‘tkaziladi. Maydondagi mashg‘ulotlardan tashqari, futbolchilar trenajyor zallarida ham shug‘ullanishadi.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 30 dekabrga qadar yig‘in o‘tkazadi. Yig‘in davomida Qarshida “Nasaf”klubi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bosh murabbiy yig‘inga jami 24nafar futbolchini taklif qildi. Quyida ular bilan tanishish mumkin.

Darvozabonlar: Dilshod Hamroev (“Navbahor”), Botirali Ergashev (“Paxtakor”), Rahimjon Davronov (“Mash’al”);

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Doston Tursunov (“Neftchi”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”), Abbosjon Otaxonov (“Navbahor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Akrom Komilov ("Bunyodkor"), Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”);

Yarim himoyachilar: Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Azizjon G‘aniev (“Nasaf”), Javohir Siddiqov (“Qo‘qon-192”), Jasurbek Yaxshiboev (“Paxtakor”), Doniyor Narzullaev (“Nasaf”), Suhrob Nurulloev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Abdujamol Isroilov (“Neftchi”);

Hujumchilar: Azizbek Amanov (“Lokomotiv”), Zabihillo O‘rinboev (“Paxtakor”), Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”), Andrey Sidorov (“Qo‘qon-1912”). 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 termasi 2018 yilning yanvar oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Qur’a natijasiga ko‘ra, vakillarimiz “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, guruh bosqichida Xitoy, Qatar va Ummon terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!