
O‘zbekiston U-23 termasi OCh oldidan so‘nggi tayyorgarlik bosqichini o‘tamoqda
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati oldidan so‘nggi tayyorgalik bosqichini o‘tamoqda.
Yig‘in davomida futbolchilar Toshkentdagi "Miran" mehmonxonasida istiqomat qilishyapti. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan o‘tkazilmoqda.
Bugun futbolchilar "Chig‘atoy"dagi sport bazasida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha normativlar topshirishdi. Normativlar O‘zbekiston futbol federatsiyasi Ilmiy-uslubiy ta’minot bo‘limi mutaxassislari tomonidan qabul qilindi. Muhim musobaqa oldidan futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi tekshiruvdan o‘tkazilib, ijobiy baholandi.
Yig‘in 30 dekabr kuni yakuniga etadi. Keyin futbolchilarga ikki kunlik dam beriladi. 2 yanvardan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolari yana mashg‘ulotlarga kirishishadi. 4 yanvardan 5 yanvarga o‘tar kechasi terma jamoamiz delegatsiyasi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Xitoy mamlakatiga uchib ketadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chemionatida “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, guruh bosqichida Xitoy, Qatar va Ummon terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Fikrlar