O‘zbekiston va Vengriya aloqalari sport sohasida yanada mustahkamlanmoqda

  • 5 iyul, 2022, 21:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Budapesht shahrida xizmat safarida bo‘lganligi haqida ma’lum qilgan edik. Mutasaddilar tashrif davomida Vengriya hukumati, xususan, sport sohasi vakillari bilan uchrashib, bir qator masalalarni muhokama qilishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Safar davomida o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Vengriyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi sifatida faoliyat olib borayotgan mamlakatimizning Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abat Fayzullaev delegatsiyamizga hamrohlik qildi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston-Vengriya munosabatlari o‘tgan yili ushbu mamlakatning Bosh vaziri Viktor Orbanning mamlakatimizga qilgan tashrifida o‘rnatilib, tomonlar ko‘plab sohalarda strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator kelishuvga erishgan edi. Mutasaddilarimizning ayni paytdagi tashrifini ushbu hamkorlik aloqalarining keyingi qadami deyish mumkin.

Delegatsiyamiz tashrif doirasida Vengriya Mudofaa vaziri Krishtof Salai-Bobrovnisi bilan uchrashdi. Qayd etish joiz, ushbu mamlakat tizimiga ko‘ra, sport sohasi Mudofaa vazirligining ichki tuzilmasidan o‘rin olgan. Vengriya sportchilari ham yozgi, ham qishki Olimpiya o‘yinlarida muntazam shohsupaga ko‘tarilib kelishadi.

Jumladan, vengriyalik atletlar suv sporti turlari, eshkak eshish, qilichbozlik, dzyudo, sport kurashlari, qolaversa, futbol, gandbol kabi jamoaviy yo‘nalishlarda jahonda etakchilar qatorida e’tirof etiladi. Suhbatda mazkur sport turlarini mamlakatimizda rivojlantirishda Vengriya tajribasidan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Qolaversa, ushbu yurtda sport farmakologiyasi ham ancha yuqori darajada taraqqiy etgan.

Shu bois tomonlar muzokara davomida har ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni sport sohasida ham davom ettirish, yirik kompleks musobaqalar, shuningdek, Osiyo va jahon chempionatlariga tayyorgarlik doirasida terma jamoalar o‘rtasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish, sport tibbiyoti, farmakologiyasi bo‘yicha tajriba almashish, mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha fikr almashishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!