
O‘zbekiston vakillari “The Best” sovrinida kimlarga ovoz berdi?
FIFA tomonidan 2021 yilning eng yaxshilariga “The Best” sovrinlari topshirildi. Unda O‘zbekiston nomidan milliy terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets, jamoamiz sardori Eldor Shomurodov va jurnalist Davron Fayziev, shuningdek, ayollar futboli yo‘nalishida O‘zbekiston ayollar terma jamoasida 2021 yilda faoliyat olib borgan Bahrom Norsafarov va jamoa sardori Saida Galimova ovoz berdi.
Srechko Katanets
Eng yaxshi futbolchi:
1. Robert Levandovski
2. Muhammad Saloh
3. Kevin de Bryuyne
Eng yaxshi murabbiy:
1. Roberto Manchini
2. Tomas Tuxel
3. Lionel Skaloni
Eldor Shomurodov
Eng yaxshi futbolchi:
1. Robert Levandovski
2. Muhammad Saloh
3. N'Golo Kante
Eng yaxshi murabbiy:
1. Xans-Diter Flik
2. Tomas Tuxel
3. Antonio Konte
Davron Fayziev
Eng yaxshi futbolchi:
1. Robert Levandovski
2. Lionel Messi
3. Krishtianu Ronaldu
Eng yaxshi murabbiy:
1. Tomas Tuxel
2. Roberto Manchini
3. Pep Gvardiola
Eng yaxshi ayol futbolchi:
1. Aleksiya Putelyas
2. Jenni Ermoso
3. Pernille Xarder
Eng yaxshi ayollar murabbiyi:
1. Luis Kortes
2. Beverli Pristman
3. Emma Xeyz
Bahrom Norsafarov
Eng yaxshi ayol futbolchi:
1. Stina Blakstenius
2. Aleksiya Putelyas
3. Ellen Uayt
Eng yaxshi ayollar murabbiyi:
1. Luis Kortes
2. Emma Xeyz
3. Sarina Vigman
Saida Galimova
Eng yaxshi ayol futbolchi:
1. Aleksiya Putelyas
2. Jenni Ermoso
3. Karolina Xansen
Eng yaxshi ayollar murabbiyi:
1. Peter Gerxardsson
2. Sarina Vigman
3. Luis Kortes
O‘FA matbuot xizmati
Fikrlar