
O‘zbekiston xalqaro turnirdagi yurishini Saudiyaga mag‘lubiyat bilan boshladi
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi "Dubai Cup" xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.
Bugun vakillarimiz musobaqadagi yurishini Saudiya Arabistoni sharafini himoya qilayotgan tengdoshlariga qarshi o‘yin bilan boshladi. Uchrashuv "sahro lochinlari"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Har ikki gol Abdulloh Hamdan tomonidan birinchi bo‘limda kiritildi.
Ma’lumot uchun, bosh murabbiy Temur Kapadze quyidagi futbolchilarni asosiy tarkibda maydonga tushirdi:
Vladimir Nazarov, Muhammadqodir Hamraliev, Shahzod Toirov, Saidazamat Mirsaidov, Doston Tursunov, Abubakir-rizo Turdaliev, Muhammadaziz Ibrohimov, Jasurbek Jaloliddinov, Otabek Jo‘raqoziev, Ulug‘bek Hoshimov, Husain Norchaev.
Fikrlar