O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi shohsupada
Singapurda 21 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha 5-Janubiy-Sharqiy Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Chempionatda O‘zbekiston, Singapur, Xitoy, Xitoy Taypeyi, Yaponiya, Janubiy Koreya va Makao terma jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston terma jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, qizlar terma jamoasi esa ikkinchi o‘rindan joy oldi.

Fikrlar