
O‘zbekiston – Qozog‘iston: Og‘ir atletika bo‘yicha hamkorlik yanada mustahkamlanadi!
Chirchiq shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Ushbu musobaqaga mintaqaning bir qator mamlakatlaridan og‘ir atletika rahbariyati ham tashrif buyurdi. Qozog‘iston og‘ir atletika federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Gaji Gajiev ham shular jumlasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari, mamlakat og‘ir atletika federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov hamda Qozog‘iston og‘ir atletika federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Gaji Gajiev o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Samimiy ruhda kechgan suhbat davomida tomonlar ikki qardosh mamlakat o‘rtasida og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish va yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.
Fikrlar