O‘zbekistonda figurali uchish bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

CHERY AUTO

Poytaxtimizda “Humo arena” ko‘p tarmoqli muz saroyining barpo etilishi eng yirik sport musobaqalarini qabul qilish imkoniyatini yaratmoqda. Ushbu arenada ko‘plab sport turlarida jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish mumkin.

Yurtimizda qishki sport turlarini rivojlantirish va ularni aholi orasida yanada ommalashtirish maqsadida qator istiqbolli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston 2022 yili figurali uchish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatini qabul qilish niyatida. Bu borada Xalqaro konkichilar ittifoqiga rasmiy ariza topshirilgan va O‘zbekiston bu borada ayni paytda yakka da’vogar bo‘lib turibdi.

Musobaqa 2022 yilning 7-13 mart kunlari “Humo arena” muz saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Илхом Anvarov
12/06/2019 12:28
Агарда футбол буйича ЖЧ-2022 Катар билан Узбекистон утказса, нур устига аъло нур булар эди
Dawson Jack
12/06/2019 11:49
Mana bu yangilik! Haqqatanam yaxshi o'zgarishla bo'votti!