
O‘zbekistonda futbol o‘yinlarini to‘xtatish kerakmi yoki davom ettirish? – Bobur Akmalovdan javob
O‘zbekistonda futbol o‘yinlarini to‘xtatish yoki davom ettirish kerakligi borasida bahs-munozaralar davom etmoqda.
Biz ham saytimizda birinchilardan bo‘lib o‘z pozitsiyamizni bildirgandik. Endi esa mutaxassislarning bu boradagi fikrlarini taqdim etib boramiz. Dastlab jurnalist, sharhlovchi va boshlovchi Bobur Akmalovga yuzlandik. U futbolni shu joyda to‘xtatish tarafdori.
Men O‘zbekistonda futbol o‘yinlarini vaqtincha to‘xtatilishi tarafdoriman. Sizchi?
- Fikrimcha, futbolni to‘xtatish kerak. Chunki bir necha klublarda koronavirusga chalingan futbolchilar aniqlandi. Bir emas, bir necha o‘yinchilarda.
Futbol kontaktli o‘yin. Shuning uchun o‘ylashimcha, chempionatni shu joyida to‘xtatib, keyingi mavsumga hozirlikni boshlayverish lozim. Barchaning xabari bor, vaziyat tobora og‘irlashib bormoqda. Shuning uchun futbol hozir ko‘ngilga sig‘maydi, ko‘pchilikning. Birinchi navbatda odamlarning sog‘ligi, - dedi Bobur Akmalov.
Fikrlar