Men O‘zbekistonda futbol o‘yinlarini vaqtincha to‘xtatilishi tarafdoriman. Sizchi?
Kundan kunga yurtimiz epidemiologik vaziyat og‘irlashmoqda. Internet, ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga chalingan bemorlar tez yordam chaqira olmayotgani, o‘zida kasallik bor yoki yo‘qligini bilish uchun test topshirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani tinmay ma’lum qilinmoqda. Bu esa vaziyat ancha jiddiylashganini bildiradi.
Yurtimizda Superliga va Pro liga bahslari davom etyapti. Karantinda uyda o‘tirib futbol ko‘rish yaxshi. Ammo futbolchilarda ham koronavirus yuqtirib olayotganlar topilmoqda. Bu esa yomon. Yomoni shuki, infektsiya bitta o‘yinchida aniqlansa, bu zanjir bo‘lib yanada ko‘p insonga yuqishi mumkin. Chunki maydonda 22 futbolchi to‘p tepadi, kontakt bo‘ladi, hakamlar, zaxira o‘rindig‘idagi jamoa a’zolari, ularning yurish-turishiga mas’ullar ham etarlicha. Shuning uchun boshqa sohalarga qaraganda, futbolda bu virusning tarqalish ko‘lami katta bo‘lishi mumkin.
"Surxon" klubi futbolchisi koronavirus yuqtirganlikda gumonlanmoqda. Jamoaning "Navbahor"ga qarshi o‘yini qoldirilishi mumkin
.jpg?1595180960194)
Oxirgi kunlarda Superliga va Pro liga futbolchilarida ushbu virus aniqlanmoqda. Qaysidir jamoada, 2 ta, kimdadir 5 ta vahokazo. Hali aniqlanmagan yoki kimlardadir engil kechayotgan, ularning o‘zi bilmayotgan bo‘lishi mumkin.
Qolgan jamoalarda ham kutilmaganda infektsiya aniqlanmoqda. Bunday hollarda futbolning davom etishi, insonlarda bu kasallik tarqalishida millionlar o‘yini sabablardan biri bo‘lib qolishi yomon. Boz ustiga gumondagilarda ham ming hayollar. "Navbahor" ustozi Andrey Kanchelskis "Qizilqum" ustidan qozonilgan qiyin g‘alabaning sababini shogirdlari koronavirusga test topshirgani uchun ular tushkun kayfiyatga tushib qolganini aytgandi. Bu virusning futbolga ta’siri.
Karantin yumshatilgunga qadar harakat qilib, futbolni davom ettira olmadikmi, endi holat yomonlashganida uni to‘xtatishimiz lozim. Siz nima deysiz? Fikr bildirishdan avval faqat futbolni, reklamani o‘ylamang, test topshirishga muhtoj, karantin hududlarida davolana olmayotgan insonlarni ko‘z oldingizga keltirgan holda xulosa chiqaring. Ya’ni futbolchilarga ketayotgan testlar boshqa muhtojlarga as qotishi, qo‘limizda bo‘lgan futbolni to‘xtatib turishimiz mumkinku. Terma jamoalarimiz va “Paxtakor”ning xalqaro uchrashuvlari bor. Biroq bu keyingi masala. Hozir oldimizdagi eng asosiy masalani hal etishimiz, bu “davr”dan eson-omon o‘tib olishimiz darkor.
"Bunyodkor" futbolchisi koronavirus yuqtirib olgani tasdiqlandi. Jamoa PFL qarorini kutmoqda
.jpg?1595180987886)
Bu fikrlar PFL mutassadilariga yoqmasligi mumkin. Ular chempionatni davom ettirish uchun harakat qilishmoqda. Yaxshi niyatda. Ammo gap inson salomatligi va bu kasallikni yo‘q qilish uchun odamlarni uyda qolishga undalayotgan bir pallada, biz uchun qadrli bo‘lgan o‘zbek futboli vaqtincha to‘xtatilib turilsa, ayni muddao bo‘lardi.
Karantin qoidalariga amal qiling, uyda qolib, vaqtingizni yaqinlaringiz bilan o‘tkazing. Eng asosiysi salomatlik ekanini unutmang!



Fikrlar