
O‘zbekistonda futzal bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchisiga aylaning!
O‘zbekistonda futzal bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchisiga aylaning!
FIFA bayrog‘i ostida Markaziy Osiyoda ilk bor bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga ko‘ngillilarni qabul qilish yakunlanmoqda. Shuningdek, ariza to‘ldirishni xohlovchilar uchun atigi 4 kun qoldi.
FIFA ko‘ngillilar dasturi o‘zi nima?
Birinchidan, bu jahon miqyosidagi sport turnirida ishlash imkoniyati. Bundan tashqari, dunyoning turli hududlaridan kelgan mutaxassislar bilan do‘stlashish, xalqaro turnir nima ekanligini bevosita jarayonda o‘rganish va har bir yo‘nalishning ishi bilan tanishish deganidir.
Har bir ko‘ngilli turnir uchun maxsus tayyorlangan Adidas formasiga, hamkorlarning sovg‘alariga va o‘nlab yangi do‘stlarga ega bo‘ladi.
http://volunteer.fifa.com havolasi orqali ariza to‘ldiring va katta jamoaning bir qismiga aylaning!
Fikrlar