O‘zbekistonda ham U-23 Osiyo kubogi saralash o‘yinlari o‘tkaziladi

  • 16 may, 2023, 14:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

U-23 Osiyo kubogi saralash o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Tecno

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi U-23 Osiyo kubogi saralash o‘yinlariga mezbonlik qiladigan davlatlarining nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi qur’a natijasiga ko‘ra o‘rin oladigan guruh uchrashuvlari yurtimiz maydonlarida o‘tkaziladi. O‘yinlar joriy yilning 4-12-sentyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mezbon mamlakatlar:
Bahrayn
Xitoy
Indoneziya
Iordaniya
Koreya Respublikasi
Quvayt
Saudiya Arabistoni
Tojikiston
Tailand
O‘zbekiston
Vetnam

Eslatib o‘tamiz, saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi 25-may kuni soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida onlayn tarzda o‘tkaziladi. Musobaqaning final bosqichi 2024-yili Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!