O'zbekistonlik hakamlar Xitoy - Shimoliy Koreya uchrashuvida ishlaydi
O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo o‘yinlarida navbatdagi uchrashuvda faoliyat olib boradi.
16 sentabr kuni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasi doirasida Xitoy va Shimoliy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Mazkur bahsda o‘zbekistonlik hakamlar ham faoliyat olib boradi. Firdavs Norsafarov — zahira hakami, Ruslan Serazitdinov esa qanot hakami sifatida hakamlar brigadasi tarkibidan joy olgan.

Fikrlar