O‘zbekistonlik hakamlarning Turkiyadagi yig‘ini davom etmoqda
Ayni kunlarda o‘zbekistonlik hakamlar Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Yig‘inda 13 nafar referi va 17 nafar referi assistentlari ishtirok etmoqda.
Hakamlar har kuni nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borishmoqda. Xorij delegatsiyasiga O‘FF Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov rahbarlik qilyapti. Amaliy va nazriy mashg‘ulotlarni FIFA yo‘riqchisi Farhod Abdullaev, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha yo‘riqchi Radik Xubbiev hamda koordinator Bobur Haydarov olib bormoqda.
Yig‘in doirasida o‘zbekistonlik hakamlar bir qator xorijiy mamlakatlar klublari ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarini boshqarishayotganini ham ta’kidlab o‘tish kerak.
O‘yinlardan so‘ng hakamlar ishi nazoratchilar tomonidan tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilmoqda. Shu tariqa hakamlarimizning saviyasini oshirish, uchrashuvlarni yuqori saviyada boshqarib borishlarini ta’minlashga harakat qilinyapti.
15-16 fevral kunlari o‘zbekistonlik referilar quyidagi o‘yinlarda hakamlik qilishdi:
“Alashkert” (Armaniston) – “Xeysingor” (Daniya)
Referi: T.To‘xtasinov
Laynsmenlar: Z.Abdurahmonov, A.Marajapov
Inspektor: B.Haydarov
TsSKA (Rossiya) – “ Naestved” (Daniya)
Referi: J.Muxtarov
Laynsmenlar: X.Shodmonov, O.Abduvasilov
Inspektor: M.Saidqosimov
“Xeysingor” (Daniya) – “Traktorsoziy”(Eron)
Referi: A.Najafaliev
Laynsmenlar: O.Jumaev, R.Kapadze
Inspektor: F.Abdullaev
“Banantts” (Armaniston) – “Viborg” (Daniya)
Referi: F.Norsafarov
Laynsmenlar: A.Kalinin, A.Burov
Inspektor: B.Haydarov
“Sokol” (Chexiya) – “Dnepr” (Ukraina)
Referi: V.Tseytlin
Laynsmenlar: R.Shayaxmitov, R.Nugmanov
“Zenit” (Moskva) – “XIK” (Daniya)
Referi: R.Lutfullin
Laynsmenlar: M.Majidov, R.Fozilov
Inspektor: M.Saidqosimov
“Trinets” (Chexiya) – “Sibir” (Rossiya)
Referi: V.Serazetdinov
Laynsmenlar: Z.Abdurahmonov, D.Saylavov
Inspektor: B.Haydarov
“Spartak” (Latviya) – “Zenit-2” (Rossiya)
Referi: O.To‘ychiboev
Laynsmenlar: R.Kopadze, Sh.Shoyusupov
Inspektor: M.Saidqosimov
“S Bazel” (Shveytsariya) – “Rozenxaym” (Germaniya)
Referi: Z.Qodirov
Laynsmenlar: O.Jumaev, R.Samandarov
Inspektor: F.Abdullaev
Fikrlar