O‘zbekistonlik "Mirko"ning jangi qoldirildi

  • 25 iyul, 2024, 17:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yurtimizning ko‘zga ko‘ringan MMA jangchisi "Mirko" nomi bilan nafaqat O‘zbekistonda balki Birlashgan Arab Amirligida ham anchagina taniqli bo‘lgan, Mirafzal Axtamovning navbatdagi jangini 2 avgust kuni AQShning Nyu-York shtati Salamanka shahrida okean ortining nufuzli LFA promoushenida o‘tkazishi kerak edi. Yurtdoshimizga  mazkur jang kechasida AQSh vakili Jefrey Kreygga qarshi oktagonga ko‘tarilardi. Biroq, raqibning mashg‘ulotda olgan jarohati tufayli bu jang 13 sentyabrga qoldirildi. 

Ma’lumot uchun, hamyurtimizning professional ko‘rsatkichi  6-0-1 bo‘lsa, Kreygning rekordi 5-2 ko‘rinish olgan. shu o‘rinda Axtamov asosan Dubayda yana bir hamyurtimiz Husan Majlimov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borishini ham aytib o‘tish joiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!