
O‘zbekistonlik "Oq Tayson"ning tanlovi qanday bo‘ldi. Mayk Tayson yoki Lennoks Lyuis?
Sports.uz saytida rang-baranglik davom etadi. Biz navbatdagi “JANG” loyihani boshladik. “Jang” loyihasida yakkakurash olamining o‘tmishdagi yulduzlarining o‘zaro virtual bahsini kuzatamiz. Albatta, o‘zbek yakkakurash olami vakillarining fikri asosida. Demak, ilk “legenda”larimiz Mayk Tayson hamda Lennoks Lyuis bo‘ladi.
Aynan ikki afsonalarning qay biri kuchli, degan savollar bilan boksimiz olamining nomdor vakillaridan so‘rovnoma o‘tkazishni boshladik. Dastlab, o‘zimizning “Oq Tayson” Ruslan Chagaevga murojaat qildik.
- Barcha vatandoshlarimga Assalomu alaykum deb qolaman. Bu ikkisi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, tanlov juda qiyin bo‘ladi. Juda ham kuchli bokschi bo‘lganliklarini barcha yaxshi biladi. To‘g‘risi men bu borada xolis fikr bildira olmayman. Chunki, men boksni aynan Mayk Tayson tufayli, uning janglariga havas qilgan holda boshlaganman. Albatta, u qaysidir ma’noda meni kumirim bo‘lgan. Shuning uchun xolis bo‘la olmayman. Shunday ekan, tabiiyki men Mayk Taysonni tanlagan bo‘lardim!
Fikrlar