
O‘zbekistonlik sobiq WBC chempioni faoliyatini yakunladi...Endi nima qilmoqchi?
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Oleg Maskaev faoliyatini yakunlaganidan keyin Saranskdagi o‘z maktabida ishlashini ma’lum qildi.
Bir necha kun avval, 50 yoshli Maskaev boksdagi faoliyatiga yakun yasaganligini e’lon qilgandi.
“Saranskda o‘zimning boks maktabimda ishlashni rejalashtirganman. Men yigitlarga o‘z tajribamdan kelib chiqib, saboq bermoqchiman”, - deydi Maskaev TASSga iqtibos keltirgan holda.
Eslatib o‘tamiz. Oleg Maskaev asli Qozog‘istonda tug‘ilgan bo‘lsada, O‘zbekistonda xarbiy xizmatni o‘tash asnosida, yurtimiz nomidan xalqaro arenalarda ringga ko‘tariladi. U havaskor boksda +91 kgda 1994 yil Osiyo o‘yinlari g‘olibi, 1995 yil Jahon Kubogi sovrindori bo‘lgan. Oleg aslida, 16 yoshgacha Qozog‘istonning Karaganda shahrida xokkey bilan shug‘ullangan. Keyinchalik, Rossiya fuqoroligini qabul qilgandi.
Maskaev og‘ir vazn toifasida WBC yo‘nalishining (2006-2008) sobiq chempioni hisoblanadi. Maskaev so‘nggi jangida 2013 yil 4 noyabr kuni britaniyalik Denni Uilyamsni mag‘lubiyatga uchratdi. O‘shandan beri bokschi ringga qaytish istagini bildirdi. U faoliyati davomida professional ringda 39 ta g‘alaba (28 ta KO) va etti mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar