O‘zbekistonlik suzuvchida doping aniqlandi. U 2 yilga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi

  • 2 noyabr, 2020, 13:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

Xalqaro suzish federatsiyasining (FINA) xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik suzuvchi B.Menlibaevaning 2019 yil 25 sentyabrda Bengalorda (Hindiston) bo‘lib o‘tgan Osiyo Chempionatida olingan doping sinamasida taqiqlangan modda aniqlangan (S6. Stimulyatorlar). Bu "Tokio-2020"da ishtirok etish uchun litsenzion musobaqa hisoblanar edi. Shu munosabat bilan, FINA tartib-intizom komissiyasi quyidagicha qaror chiqardi:

Tecno

1. B.Menlibaeva 2 yilga diskvalifikatsiya qilinsin, diskvalifikatsiya muddati 25.09.2019 dan boshlab hisoblansin;

2. 25.09.2019 dan boshlab, B.Menlibaevaning barcha natijalari bekor qilinsin;

3. O‘zbekiston suzish federatsiyasi tomonidan FINA Axloq komissiyasining mazkur ishni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq xarajatlari (400 AQSh dollari) to‘lansin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!