O‘zbekistonlik yana bir sportchida doping aniqlandi

  • 29 oktabr, 2021, 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Joriy yilning sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o‘tkazilgan I MDH o‘yinlarida ishtirok etgan muay-tay sport turi bo‘yicha terma jamoa a’zosi Faxriddin Xasanovdan olingan doping-sinamasida taqiqlangan modda aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

I MDH o‘yinlarida 57 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi Faxriddin Xasanov oltin medalga sazovor bo‘lgan edi. Joriy yilning 8 sentyabr kuni musobaqa jarayonida topshirgan doping-sinamasidan “meldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlangan. “Meldonium” taqiqlangan moddalar ro‘yxatining S4. Gormonlar va metabolizm modulyatorlari sinfiga mansub hisoblanadi.

Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Xalqaro testlash va tergov-surishtiruv bo‘yicha standarti talablariga asosan, F.Xasanov joriy yilning 8 oktyabridan boshlab mazkur holat Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) tomonidan to‘liq o‘rganilishi va tegishli qaror chiqazilguncha qadar sport faoliyatidan vaqtincha chetlashtiriladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!