
O‘zbeklar eshkak eshish qanaq bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi
Gretsiyaning Afina shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha “Evalution Hellenic Regatte-2025” xalqaro turniri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqaning to‘rt kishilik ekipajda (M4-) tashkil etilgan bellashuvlarida Alisher Turdiev, Davrjon Davronov, Dilshod Xudoyberdiev va Fazliddin Karimovdan iborat jamoamiz oltin medalga sazovor bo‘ldi.
“M2-” yo‘nalishida esa Dilshod Xudoyberdiev va Fazliddin Karimov kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, bir kishilik ekipaj bo‘yicha o‘tkazilgan poygalarda Anna Prakaten (W1x), Jamol Turg‘unov (M1x) marraga ikkinchi bo‘lib etib keldi. Ikki kishilik ekipajdagi bellashuvlarda Alisher Turdiev va Davrjon Davronov juftligi bronza medali bilan taqdirlandi.
Fikrlar