
O‘zbeklar Osiyo kubogida ishlaydi
Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston so‘nggi yillarda qit’a miqyosidagi yirik turnirlarga mezbonlik qilib kelmoqda va o‘z navbatida mazkur xalqaro musobaqalar orqali o‘zbekistonlik futbol mutaxassislarining ko‘nikma va malakalari o‘sib bormoqda.
Qatarda o‘tadigan Osiyo kubogi musobaqasida Osiyo futbol konfederatsiyasi delegatsiyasi tarkibida faoliyat olib borish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining bir qator mutaxassislari chaqiruv oldi. Xususan:
- Musobaqalar va tadbirlar o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov — Musobaqa bosh ofisida akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha koordinator;
- Musobaqalar va tadbirlar o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Yoqubjon Soxibov — “Jassim bin Hamad” stadionida marketing masalalari bo‘yicha menejer;
- Musobaqalar va tadbirlar o‘tkazish bo‘limi mutaxassisi Sanjar Haydarov — stadionlarda axborot-ko‘ngilochar tizimi koordinatori;
- Marketing va media bo‘limi mutaxassisi Islom Ro‘ziev — OFK rasmiy fotosuratchisi sifatida faoliyat olib boradi.
- Qit’aning eng asosiy musobaqasi tashkiliy qo‘mitasidan Ligamiz mutaxassislari ham joy oldi. Xususan, klublarni litsenziyalash va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Zohirjon Akramxonov musobaqa doirasidagi o‘yinoldi va o‘yin kungi media tadbirlarni tashkillashtirish uchun, musobaqalar o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi Jahongir Rahmatullaev esa "Edyukeyshn Siti" stadionini uchrashuvlarga hozirlash uchun mas’ul bo‘ladi.
Shuningdek, SPORTS.uz sayti rahbari Azamat Umarov "Al-Janub" stadionida translyatsiya menejeri sifatida faoliyat olib boradi.
Fikrlar