O‘zFHM: “Paxtakor” futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatilishi kerak edi"

  • 30.10.2025 00:09
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ekspert hakamlar guruhi “Paxtakor” – “Buxoro” uchrashuvidagi bahsli epizod yuzasidan o‘z xulosasini e’lon qildi.

Uchrashuvning 75-daqiqasida “Paxtakor” futbolchisi raqibga nisbatan qo‘pol o‘ynadi. VAR aralashuvidan so‘ng bosh hakam epizodni qayta ko‘rib chiqdi, biroq qarorini o‘zgartirmay, futbolchiga faqat sariq kartochka ko‘rsatdi.

Ekspert hakamlar guruhi bu vaziyatda bosh hakam “Paxtakor” futbolchisiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatishi lozim bo‘lganini, uning qarori noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi, - deyiladi UzFHM xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!