O‘zil oxirigacha kurashmoqchi

  • 10 oktabr, 2020, 21:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyalik yarim himoyachi Mesut O‘zil katta ehtimol bilan shartnomasi oxirigacha “Arsenal”da qoladi.

Tecno

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi so‘nggi paytlarda unga qilinayotgan munosabatlarga qaramay “kanonirlar” rahbariyati bilan amaldagi shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmagan. Mesut yana asosiy tarkib uchun kurashib, u erda o‘z o‘rnini topishga harakat qilib ko‘rmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” murabbiylar shtabi O‘zilni Evropa ligasi guruh bosqich qaydnomasiga kiritmadi.

Mesutning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozigacha imzolangan. Uning klubdagi haftalik maoshi esa 350 ming funtni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!