
O‘zil Ramos haqida nimalar dedi?
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O‘zil "Real" himoyachisi Serxio Ramos haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Germaniyalik futbolchi o‘z tvitterida qoldirilgan quyidagi savolga javob berdi: “Ramosni tarixdagi eng yaxshi himoyachilaridan biri deyish mumkinmi?”.
“Albatta, Serxio 10 yildan ortiq davr mobaynida o‘z saviyasini ko‘rsatib kelmoqda. U top darajadagi futbolchi. U qanday etakchiga aylanganini ko‘ring!
Unda g‘alaba qozonish uchun aql bovar qilmaydigan darajada kuchli istak va iroda bor. Menimcha, Ramos mening davrimdagi eng yaxshi himoyachi”, - dedi O‘zil.
Ma’lumot uchun, O‘zil va Ramos 2010-2014 yillarda “Real”da birga to‘p surgan.
Fikrlar