O‘zil Shomurodov o‘ynayotgan joyga boradi

  • 28 dekabr, 2020, 13:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal”da mojarolar markazida qolgan Mesut O‘zil A Seriyaga ko‘chib o‘tish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.

Germaniyalik yarim himoyachiga “Yuventus” og‘iz solmoqda. Tomonlar dastlabki muzakaralarni boshlagani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Turinliklar 32 yoshli pleymeykerni mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi va maoshining 50 foizini to‘lashga tayyor. 2020 yilning mart oyidan beri maydonga tushmayotgan Mesutning o‘zi ham tezroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun agenti Erkut Segyutdan shu yo‘nalish bo‘yicha ishlashni talab qilmoqda.

O‘zilning “Arsenal” bilan shartnomasi kelasi yilning 30 iyunigacha davom etadi. Bu muddat ichida futbolchiga 10 million evro atrofida maosh to‘lanishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Marufjon
28/12/2020 16:44
Элдор ўйнаётган жой Женоа. Айлантирмасдан А сериага ўтиш эхтимоли бор дейиш керак