O‘zil tufayli “Arsenal” ikkiga bo‘linib ketdi

  • 27 dekabr, 2020, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Arsenal” yarim himoyachisi Mesut O‘zil jamoa tarkibidan chiqarilishi tufayli futbolchilar ikki guruhga bo‘linib ketdi.

Jamoadagi mavqei baland futbolchilarning aksariyati O‘zilni tarkibga qaytarishni talab qilmoqda. Ular bu futbolchi jamoa o‘yinini kuchaytirishiga ishonch bildiryapti.

Bosh murabbiy Mikel Arteta esa germaniyalik futbolchi unga berilgan imkoniyatlardan foydalana olmaganini ta’kidlab, fikridan qaytmasligini bildiryapti. Ayrim o‘yinchilar bosh murabbiyning pozitsiyasini ma’qullayapti.

32 yoshli Mesut O‘zilning shartnomasi yozda yakunlanadi. “Arsenal”ning eng ko‘p maosh olayotgan futbolchilaridan hisoblangan germaniyalik futbolchi 2020 yilning mart oyidan beri maydonga tushirilmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!