
O‘zilning agenti: Mesut "Arsenal"ni va muxlislarni yaxshi ko‘radi
“Arsenal” xavbeki Mesut O‘zilning agenti Erkut Sogut mijozining “kanonirlar” safida o‘ynash istagi borligi haqida gapirdi.
“Hozir qiyin vaziyat. Lekin Mesut “Arsenal”ni va muxlislarni yaxshi ko‘radi. U joriy mavsumda unga imkoniyat berilmayotganidan afsuslanmoqda. Jamoa muxlislari O‘zil yana maydonga qaytishini xohlaydi, deb o‘ylayman. Hozir u qattiq shug‘ullanmoqda. Bu uning professionalligidan dalolatdir”, - dedi agent.
Eslatib o‘tamiz, O‘zil joriy mavsum “Arsenal” qaydnomasiga kiritilmadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar imzolangan.
Fikrlar