
Palmer APLni "yondiryapti"
Koul Palmer APL doirasida "Luton"ga qarshi o‘yinda ikkita gol hamda bitta assist amalga oshirdi (3:2).
"Chelsi" xavbeki APL doirasidagi so‘nggi 12 ta uchrashuvda 8 ta gol hamda 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
21 yoshli futbolchi liga doirasida gol+pas ko‘rsatkichi bo‘yicha 8-o‘rinni band etib turibdi.
Bilasiz, "Chelsi" uni yozda "Manchester Siti"dan 40+5 million funt sterling evaziga sotib olgandi.
Fikrlar