Palmer final bellashuvidan so‘ng g‘alaba haqida gapirdi

  • 14.07.2025 02:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer PSJ ustidan qozonilgan 3:0 hisobida g‘alabadan so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Juda ajoyib his-tuyg‘u. Bu yanada yoqimliroq, chunki o‘yin oldidan hech kim bizga ishonmagan edi. Biz jon-jahdimiz bilan kurashdik.

Men finallarda ishtirok etib, g‘alaba qozonishni juda istardim.

Murabbiy EnTso Mareska ajoyib reja tuzdi. U maydondagi bo‘shliqlar qaerda bo‘lishini aniq bilardi. Men uning ishonchini oqlashga harakat qildim.

Mareska o‘ziga xos va muhim narsa yaratmoqda. Bu yosh jamoa. Butun mavsum davomida biz haqimizda ko‘plab asossiz mish-mishlar tarqaldi. Biroq, biz to‘g‘ri yo‘ldan bormoqdamiz" - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan angliyalik havbek.

Qo‘shimcha ma’lumot sifatida, Palmer PSJga qarshi 3 ta golda ham ishtirok etdi: 2 ta gol urdi va oxirgi golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!