"Panserraykos" safarda mag‘lub bo‘ldi, Masharipov to‘liq harakat qildi

  • 29 noyabr, 2023, 22:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gretsiya chempionati qoldirilgan 7-turidan o‘rin olgan "Volos" va "Panserraykos" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari penaltidan urilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi.

"Panserraykos" tarkibida harakat qilayotgan legionerimiz Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi.

Ma’lumot uchun, "Panserraykos" ayni damda 12 ta o‘yindan keyin 13 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!